TALABALARDA EKOLOGIK ONG, EKOLOGIK TAFAKKUR VA EKOLOGIK XULQ-ATVORNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Authors

  • Lobar Sharipova

Keywords:

ekologik madaniyat, ekologik ong, ekologik tafakkur, ekologik xulq-atvor, pedagogik asoslar, tizimli rivojlantirish, ekologik qadriyatlar, oliy taʼlim, ekologik masʼuliyat, ekologik taʼlim va tarbiya

Abstract

Mazkur maqolada ekologik madaniyatni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy komponentlari — ekologik ong, ekologik tafakkur va ekologik xulq-atvorning pedagogik mohiyati va oʻzaro bogʻliqligi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Ekologik ong shaxsning tabiatga, ekologik muammolarga va shaxsiy masʼuliyatga nisbatan anglangan munosabati sifatida talqin qilinib, uning shakllanish bosqichlari yoritilgan. Ekologik tafakkur ekologik muammolarni tizimli tahlil qilish, sabab-oqibat aloqalarini anglash va muqobil yechimlarni baholashga yoʻnaltirilgan aqliy faoliyat sifatida asoslangan. Ekologik xulq-atvor esa ekologik bilim va qadriyatlarning amaliy faoliyatda namoyon boʻlish shakli sifatida tavsiflangan. Maqolada ekologik madaniyatni rivojlantirishda muammoli taʼlim, loyiha va tadqiqot faoliyati, amaliy ekologik tajribalarni tashkil etishning pedagogik ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, ekologik ong, tafakkur va xulq-atvorni integrativ tarzda rivojlantirish ekologik madaniyatning barqaror shakllanishini taʼminlovchi muhim shart sifatida asoslab berilgan.

Published

2026-06-18

How to Cite

Sharipova, L. (2026). TALABALARDA EKOLOGIK ONG, EKOLOGIK TAFAKKUR VA EKOLOGIK XULQ-ATVORNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. Journal of Future Science, Technology and Innovation, 1(1). Retrieved from https://jfsti.uz/index.php/journal/article/view/2