UNIVERSITET DASTURIY MODULLARINI YAGONA AXBOROT TIZIMIGA INTEGRATSIYALASHNING ARXITEKTURAVIY MODELI VA SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI

Authors

  • Bexzod Istamov

Keywords:

axborot tizimlari integratsiyasi, servis-orientirlashgan arxitektura, mikroxizmatlar, API-shlyuz, ESB, oliy ta’lim, HEMIS, raqamli transformatsiya, tizim samaradorligi.

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan turli dasturiy modullar (talabalar reestri, o‘quv jarayonini boshqarish, kadrlar, moliya-buxgalteriya, kutubxona, ilmiy faoliyat va masofaviy ta’lim tizimlari)ni yagona axborot makoniga integratsiyalashning ko‘p qatlamli arxitekturaviy modeli taklif etiladi. Model API-shlyuz, integratsion shina va markazlashtirilgan ma’lumotlar ombori kabi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Servis-orientirlashgan arxitektura va mikroxizmatlar yondashuvlari qiyosiy tahlil qilindi hamda tajriba-sinov muhitida joriy etish natijalari asosida tizim samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (so‘rovga javob vaqti, xatoliklar darajasi, qo‘lda bajariladigan operatsiyalar hajmi, foydalanuvchi qoniqishi) o‘lchandi. Natijalar integratsiyadan so‘ng so‘rovga javob berish vaqti o‘rtacha 4,8 sekunddan 1,1 sekundgacha, ma’lumotlar xatoligi 12,4 foizdan 2,1 foizgacha kamayganini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida raqamli transformatsiyani amalga oshirishda amaliy ahamiyatga ega.

Published

2026-08-14

How to Cite

Istamov , B. (2026). UNIVERSITET DASTURIY MODULLARINI YAGONA AXBOROT TIZIMIGA INTEGRATSIYALASHNING ARXITEKTURAVIY MODELI VA SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI. Journal of Future Science, Technology and Innovation, 2(1). Retrieved from https://jfsti.uz/index.php/journal/article/view/29