OLIY TA’LIM TIZIMIDA IQTIDORLI TALABALARNING ELEKTRON PORTFOLIOSINI MONITORING QILISH DASTURI VA UNING SAMARADORLIGI
Keywords:
iqtidorli talabalar, elektron portfolio, raqamli monitoring, Iqtidor.buxdu.uz, reyting tizimi, oliy ta’lim, Big Data.Abstract
Mazkur tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli talabalarning ilmiy, ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash hamda monitoring qilish jarayonlarini raqamlashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Buxoro davlat universitetida joriy etilgan Iqtidor.bukhsu.uz elektron platformasi hamda iqtidor monitoringi tizimlariga oid xalqaro tajribalar olingan. IMRAD standarti asosida olib borilgan ushbu ishda portfoliosi asosida talabalarni baholashning nazariy-metodologik asoslari tizimlashtirilgan bo‘lib, an’anaviy qog‘ozbozlik va inson omilini kamaytirish, shaffof reyting shakllantirish hamda “ustoz-shogird” an’analarini raqamli boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan. Natijalar elektron portfolio tizimlarining talabalar ilmiy faolligini oshirish va adolatli saralash tizimini ta’minlashda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.