BUXORO VILOYATI GIDRONIMLARI SEMANTIKASI

Авторы

  • Sharofiddin Raxmatullayev

Ключевые слова:

gidronim, gidronimiya, onomastika, toponim, semantika, nominatsiya, toponimik transfer, Zarafshon, Dengizko‘l, Shohrud, Buxoro.

Аннотация

Maqolada Buxoro viloyati hududida uchraydigan gidronimlarning leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Gidronimlarning shakllanishida tabiiy-geografik belgi, suvning fizik-kimyoviy xususiyati, o‘simlik nomi, joy nomi, kishi nomi, obyektning hududiy o‘rni hamda tarixiy-madaniy omillarning ishtiroki ko‘rsatib beriladi. Zarafshon, Dengizko‘l, Sho‘rko‘l, Jiydako‘l, Shohrud, Xo‘jasayot ko‘li, Quyimozor kanali, Qorovulbozor magistral kanali, Amu-Buxoro kanali singari gidronimlar nominatsiya motivi va semantik tarkibi jihatidan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Buxoro gidronimiyasida tabiiy belgi asosidagi nominatsiya bilan bir qatorda toponimik transfer, antroponimik nominatsiya va funksional-hududiy nomlash modellari ham faol ekani asoslanadi. Gidronimlarning semantikasi hududning tabiiy sharoiti, sug‘orish madaniyati, tarixiy taraqqiyoti hamda aholining lisoniy tafakkurini aks ettiruvchi muhim manba ekanligi ko‘rsatiladi.

Загрузки

Опубликован

2026-09-16

Как цитировать

Raxmatullayev , S. (2026). BUXORO VILOYATI GIDRONIMLARI SEMANTIKASI. Журнал будущей науки, технологий и инноваций, 2(1). извлечено от https://jfsti.uz/index.php/journal/article/view/36